O‘zbekiston Osiyo kubogini qabul qiladi

O‘zbekiston 2022 yilda tarixda ilk marotaba 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogini qabul qiladi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya Qo‘mitasi bugun OFK Raqobat qo‘mitasining OFK U 23 Osiyo Kubogi-2022 mezbonlik huquqini O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga berish bo‘yicha tavsiyasini ratifikatsiya qildi.

6-25 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan OFK U 23 Osiyo Kubogi mezbonligini O‘zbekistonga topshirish to‘g‘risida qaror, barcha sport, infratuzilma va tavakkalchilik talablarini bajarishni o‘z ichiga olgan takliflar har tomonlama baholangandan so‘ng qabul qilindi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 2020 yildagi U 19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati pandemiya tufayli bekor qilingan edi.

Musobaqa saralash bahslari shu yilning 23 – 31 oktyabr kunlari markazlashtirilgan shaklda o‘tkaziladi.