Putin xohishlari oldida pandemiya ham chekinadi

Bugun Moskva shahridagi to‘lib toshgan “Lujniki” stadionida Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishining 7 yilligi nishonlandi.

Bayramning asosiy voqeasi sifatida Rossiya prezidentining nutqini qayd etish lozim. “Sizlarni bayram, Qrim va Sevastopolning Rossiya bilan birlashuv kuni bilan tabriklayman. Bu Qrimliklar va Sevastopolliklar bayrami. Biz buni tushundik va 7 yil avvalgi referendumga tayyorgarlik, asosiysi uning natijalari vaqtida o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Mazkur referendum oqibatida ular o‘z vataniga qaytdilar” – dedi Putin.

Hech qanday cheklovlar va niqoblar yo‘q. Pandemiya hali hamon mag‘lub etilmagan. Lekin, Putinning xohish istagi oldida bu nima bo‘pti?

Endi biroz tarixga murojaat qilsak, Putin aytgan referendum natijalari va siyosiy harakatlarini dunyo hamjamiyati qanday qabul qildi?

Biz kim tomonida edik?

2014 yil 18 mart kuni Qrim va Sevastopol ikkita alohida subyekt sifatida Rossiya tarkibiga kiritildi.

27 mart kuni BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiya qabul qildi, unga ko‘ra tashkilot Ukrainaning yaxlitligini tasdiqlaydi va Qrim yarim oroli maqomining o‘zgarishini tan olmaydi.

100 ta davlat ushbu hujjatni qo‘llab-quvvatladi, 58 mamlakat vakillari betaraf qoldi, 11 tasi qarshi ovoz berdi, 24 ta mamlakat ovoz berishda qatnashmadi.

Suratda sobiq ittifoq mamlakatlarining mazkur ovoz berishda qaysi tarafda bo‘lganliklari ko‘rsatilgan.