Qirg‘izistonda yana miting bo‘lib o‘tmoqda

Abxaziyaning bunga nima aloqasi bor?

Abxaziya davlat raqamiga ega mashinalar egalari Bishkekning markaziy maydoniga yig‘ilishdi.

Gap shundaki, mamlakatda reydlar o‘tkazilmoqda, bunday mashinalar bojxona qonunchiligini buzgani uchun hibsxonaga olib ketilmoqda.

Haydovchilar bojxona bunday mashinalarga ruxsat bergan xolda chegardan o‘tkazib yubormoqda biroq, ular mashinalarni “qonuniylashtirish” kerak deb hisoblashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Abxaziya davlat raqamiga ega avtomobillarni olib kirish amaliyoti uch yildan ortiq vaqtdan beri mavjud.

Namoyishchilar prezident devoni joylashgan Hukumat uyiga yo‘ldida to‘plandilar.