Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonning yangi Konstitutsiyasidan norozi

Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston rasmiylarini Venetsiya Komissiyasi va YEXHT / DIIHB xulosalarini eʼtiborsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

Ularning fikriga ko‘ra, yangi Konstitutsiya loyihasi mamlakatdagi hokimiyat muvozanatiga tahdid solmoqda.

Asosiy qonunning yangi tahririda prezident vakolatlari juda kuchaygan bo‘lib, bosh vazirning vakolatlari qisqartirilgan.

Eng qiziq narsa Vazirlar Mahkamasini prezident maʼmuriyati rahbari boshqaradi va prezident ijro etuvchi hokimiyat uchun javobgar bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shni mamlakatdagi yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum 11 aprelga belgilangan.