«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi loyihalari natijadorligi bo‘yicha ma’lumot berdi

2018 yil O‘zbkistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil qilingan edi.

Tashkilot matbuot xizmati jamg‘arma tashkil qilinganiga deyarli 3 yil to‘lishi munosabati bilan, saytimizga o‘z faoliyati yuzasidan hisobotini taqdim etdi.

Unda aytilishicha, o‘quvchilar tashkilotning o‘tgan davrdagi faoliyati bilan tanishishi hamda yoshlar jamg‘arma loyihalari bilan o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashi mumkin.

Jamg‘arma hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018-2020 yillar davomida yoshlarning 8 635 ta biznes loyihalariga jami 1 trln. 830 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish orqali 42 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.

Jumladan, hisobot yillarida:

  • Davlat dasturi doirasida ishlab chiqarish sohasida 841,8 mlrd. so‘mlik 3 987 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 658,8 mlrd. so‘mlik 3 123 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 329,4 mlrd. so‘mlik 1 521 ta loyiha realizatsiya qilindi.
  • Kredit olib o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar tomonidan 4 mln. 630 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilinishiga erishildi hamda ushbu yosh tadbirkorlar tomonidan davlat budjetiga yiliga o‘rtacha 100 mlrd. so‘mga yaqin soliqlar ko‘rinishidagi tushumlar amalga oshirildi.
  • Shuningdek, Davlat dasturi doirasida yoshlarning jami 28,8 mlrd. so‘mlik 56 ta loyihalariga Jamg‘arma kafilligi taqdim etilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashildi.

Matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, oxirgi 2 yilda hududlarda jami 19 ta «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari hamda 202 ta «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari foydalanishga topshirilgan va ularda jami 2 380 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Yoshlarning tadbirkorlik borasidagi bilimlarini oshirish borasida

Joylarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarning bilimlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar tomonidan 3 180 ta biznes seminarlar tashkil etilib, ular orqali 182 612 nafar yoshlar qamrab olindi.

Davlat dasturi doirasida barcha tuman (shahar)larda imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkil etilib, ularda 36,5 ming nafarga yaqin tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar jalb qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 43 ming nafar yoshlarning hududlardagi yirik ishlab chiqarish korxonalarga 1 402 marotaba biznes sayohatlari tashkil etildi.

Shuningdek, 2018-2019 yillar davomida Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da «Yosh tadbirkorlar» I va II Forumlari o‘tkazilib, unda yosh tadbirkorlar tomonidan chet ellik hamkorlar bilan 5,8 mln. AQSh dollari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan 3,4 mlrd. so‘mdan ortiq shartnomalar imzolandi.

Bundan tashqari, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tomonidan Har bir oila tadbirkor, hunarmandchilikni rivojlantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash kabi dasturlar orqali yoshlarning 81 mlrd. so‘mlik loyihalarini moliyalashtirish choralari ko‘rildi.

Xitoyning «China campus network» nodavlat ta’lim agentligi, «Alibaba business school», «Great wall consulting» kompaniyalari bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda elektron tijorat istiqboli» mavzusida onlayn biznes forum tashkil etildi.

Biznes forumda «China campus network» nodavlat ta’lim agentligi asoschisi, alibaba.com ekotizimi hamkori Jou Yang, «China campus network Uzbekistan» marketing direktori, «LeBazar» internet do‘koni direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Davlat Soliq qo‘mitasi, Davlat Bojxona qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Joriy yil 24-28 avgust kunlari «Digital Generation Uzbekistan» NNT bilan hamkorlikda «Raqamli avlod – 2020» onlayn oromgohi tashkil etildi. Onlayn oromgohda 3 794 nafar yoshlar ishtirok etib, veb dasturlash, mobil dasturlash, media va raqamli marketing, dizayn, frilans, robototexnika, dizayn sohalari bo‘yicha bilimini oshirib maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Onlayn oromgoh davomida Piter Vesterbaka (Angry Birds o‘yini asoschisi), Emad Exsan (“Google” rivojlantirish eksperti) hamda O‘zbekistonlik mutaxassislar Bobur Akilxanov va Shaxzod Dolimovlar ishtirokida onlayn mahorat darslari tashkil etilib, mahorat darslarida 10 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlarning startap g‘oyalari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida

Hisobotda ta’kidlanishicha, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi yoshlarning startap g‘oyalari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga startap loyihani ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq qilish maqsadida ham qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

«Bu borada «Startap tashabbuslar» dasturi yoshlarning katta qiziqishlariga sabab bo‘ldi.

Ushbu dasturga www.startupinitiatives.uz sayti orqali 905 ta onlayn ariza kelib tushdi», – deyiladi ma’lumotda.

  • Saralash bosqichidan o‘tgan 447 ta startap jamoalar loyihaning intervyu bosqichida ishtirok etdi. Tajribali ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan loyihaning intervyu bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 255 ta jamoa akseleratsiya dasturida ishtirok etib, o‘z loyihasini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
  • Dastur yakunida g‘olib bo‘lgan 40 ta startap loyihalarga
    50 mln. so‘mdan jami 2 mlrd. so‘m (shundan, 1 mlrd. so‘m Jamg‘arma, 1 mlrd. so‘m BMTning Taraqqiyot Dasturi mablag‘lari hisobidan) grant mablag‘i ajratilishi rejalashtirilgan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Andijon viloyatidagi yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Unicorns» loyihasi amalga oshirildi.

«Unicorns» loyihasiga startap jamoalari tomonidan 466 ta onlayn ariza kelib tushdi, ushbu loyihalarning 215 tasi dastlabki saralash bosqichidan o‘tib, loyihaning intervyu bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Unicorns” loyihasining intervyu bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 69 ta startap loyihalar jamoasi akseleratsiya dasturida ishtirok etdi. Tajribali mentorlar va trekkerlarni jalb qilgan holda joriy yil 28 sentyabrdan 11 oktyabrga qadar 69 ta startap loyihalar jamoasi bilan akseleratsiya dasturi tashkil etildi.

“Unicorns” loyihasining final bosqichi (Demo day) joriy yil 23 noyabrda Andijon shahridagi “Digital city” texnoparkida tashkil etilib, akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan 25 ta jamoa o‘z loyihasini taqdimot qildi.

Loyihada g‘olib deb topilgan 15 ta istiqbolli startap loyihaga 1,8 mlrd.so‘m maqsadli grant mablag‘i ajratildi.

 Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida

  • Tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha biznes boshlash va daromad olishgacha bo‘lgan jarayonni o‘rgatuvchi masofaviy bizneskurs.uz onlayn platformasi yaratildi.
  • Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti va Buxoro davlat universiteti qoshida talabalarni tadbirkorlikka o‘rgatish, ularning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida “Biznes akselerator” tashkil etildi. Kelgusida barcha oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich tashkil etib boriladi.
  • Yoshlarni innovatsion, startap g‘oyalar va loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishga undash, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga turtki berish maqsadida «Kelajakni birga yaratamiz!», «Uyg‘onmoq fursati yetdi», «Startap tashabbuslar», mavzularida motivatsion roliklar ishlab chiqilib, telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirildi.
  • Yoshlarga o‘zining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan video materiallar va darsliklar, motivatsion roliklar, elektron biznes kitoblar, audio kitoblar, tadbirkorlik sohasidagi imtiyozlar katalogi, biznes reja namunalari, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani o‘z ichiga olgan @biznesga_qadambot telegram bot faoliyati yo‘lga qo‘yildi.