“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirdi

Yoshlar ishlari agentligi Press klubida Yoshlar ishlari agentligi, Biznes-ombudsman, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi kabi tashkilotlar o‘rtasida, yosh tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorlik kelishuvlarii bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov, O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarovlar o‘z chiqishlari orqali ishtirok etishdi.

Me’yoriy hujjatlar imzolanib bo‘lingach, savol-javob shakliga o‘tildi. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.