Аrkadagʼni vorisi xorijga rasmiy tashrifini Rossiyadan boshladi

Serdar Berdimuhamedov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri 30 mart kuni Moskvaga yetib keldi.

Tashrif 2 aprelga qadar davom etadi va uning doirasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda ikki mamlakat oʼrtasidagi madaniyat va iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik hamda BMT, MDH va YeXHTdagi harakatlarni muvofiqlashtirishni muhokama qilishi belgilangan. (aslida Аrkadagʻning meroshoʻri uchun bu tashrif xalqaro maydondagi ilk rasmiy tajribadir.)

Turkmanistonda koronavirus cheklovlari bekor qilingandan soʻng, bir hafta rus kinosi va teatrlari gastrol safarlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. (Turkmanistonda COVID-19 boʻyicha cheklovlarning oʻzi yoʻq edi. Nimani kutishgan?!)

Avvalroq, Ashxobod Rossiyaning ikkita vaktsinasini birdan foydalanish uchun tasdiqladi – “Sputnik V” va “EpiVakKorona”. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Serdarning “taxt”ga kelish yoʻllari toʻgʻrisida avvalroq saytda bir nechta materiallar (1,2) tayyorlangan edi.