Arkadag‘ o‘g‘liga yana yangi lavozim berdi

Turkmaniston Prezidentining o‘g‘li Tashqi ishlar vazirligidagi rahbariyat vakolatlarining bir qismini olgani bo‘yicha internet nashrlarida xabar berilmoqda.

Hozirda uchta rahbarlik lavozimiga ega bo‘lgan Serdar Berdimuhammedov mavjud uchta rahbarlik lavozimidan tashqari hukumatlararo turkman-rus va turkman-yapon tuzilmalariga ham rahbarlik qilishi aytilmoqda.

Arkadag‘ o‘g‘lining yangi vazifaga tayinlanishini Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov 10 ta hukumatlararo komissiyalarni boshqarishi va tashqi aloqalar bilan talab darajasida shug‘ullana olmayotgani bois, shunday qilishga “majburligini” bildirgan.

Shu bilan birga, Serdar uchun fevral oyida bosh vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan edi, bu unga Turkmaniston Xavfsizlik Kengashidan joy olishga imkon bergan edi. Eng muhimi u Turkmanistonning Oliy nazorat palatasi rahbari hamdir.

Bu hali hammasi emas, Serdar “Turkman Alabay” xalqaro uyushmasining rahbari.

Sevimli o‘g‘il bo‘lsa, shunchalik bo‘lar!