“Yagona Rossiya” partiya maktabi o‘zlarini siyosatda sinab ko‘rishga qaror qilgan yosh ko‘ngillilar-ijtimoiy faollarni tayyorlashni boshladi. Maqsad – praymerizga nomzodlarni tayyorlash. Ayni paytda, “Adolatli Rossiya” Davlat Dumasiga pensiya yoshini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universiteti professori Oleg Matveychev “Adolatli Rossiya” qonun loyihasini populistik tashabbus – “bir kunlik: bugun aytiladi, ertaga unutiladi” deb hisoblaydi. Chunki hech qachon 2018 yilgi islohotni to‘liq qayta ko‘rib chiqish mumkin emas deb aytmoqda. “Qanday bo‘lmasin, ushbu loyiha hukumat yoki qo‘mitalardan o‘tmaydi, shuning uchun uni faqat saylovoldi harakati deb hisoblash mumkin”, – dedi siyosatshunos. – “Islohot birovga yoqish yoki norozilik berish maqsadida emas, balki nafaqaxo‘rlar soni doimiy ravishda ko‘payib boradigan va ishchilar soni kamayib borayotgan demografik vaziyat asosida amalga oshirildi, bu Pensiya jamg‘armasida katta defisitni keltirib chiqaradi.”
«Agar pensiya masalasidagi chaqiriqlarni populizm emas deb hisoblansa, qabul qilingan islohotga kiritilgan tuzatishlarni muhokama qilish to‘g‘riroq bo‘lar edi. Fuqarolarning ayrim toifalari uchun, masalan, Uzoq Shimol va Uzoq Sharqda ishlaydiganlar uchun eski, islohotgacha bo‘lgan pensiya yoshini qoldirish mantiqan to‘g‘ri», – deya ta’kidlaydi professor. Uning fikriga ko‘ra, ushbu tuzatish ko‘p bolali oilalarga ham tatbiq etilishi mumkin. «Ammo shunchaki, pensiya islohotini olib tashlash va bekor qilish natija bermaydi. Bu S.Mironovga tushunarli, shuning uchun uning islohotlar bo‘yicha aytgan gaplari populizmdan boshqa narsa emas», – deya ta’kidladi Matveychev.
“Yagona Rossiya” partiyasi a’zolarining o‘z vorislarini yosh ko‘ngillilar orasidan tayyorlash to‘g‘risida qaroriga kelsak, bunday qaror tushunarli, deydi ekspert. “Ko‘ngillilar harakatiga qo‘shilganlar, hozirgi qiyin davrda, xushmuomalali davrda ko‘ngilli bo‘lganlar, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, demak ular yaxshi siyosatchilar, davlat ma’murlari bo‘lish uchun katta imkoniyatlarga ega”, – deydi siyosatshunos. “Siyosatda, jamiyatga fidoyilik bilan xizmat qilishga tayyor odamlar kerak. “Yagona Rossiya” bu yoshlarga, agar ular siyosatda, boshlang‘ich saylovlarda, va umuman saylovlarda qatnashish istagi bo‘lsa, yordam berishga tayyor, ehtimol, oltinga teng “yoshlar partiyaga” shiori amalda qo‘llanilar.”
“Seminarda keraksiz narsa o‘rgatilmaydi. Siyosat bu – biznes emas. Agar siz odamlarni sevmasangiz, bu yo‘lda bor kuchingizni bag‘ishlay olmaysiz, yaxshisi siyosat bilan shug‘ullanmasligingiz kerak”, – deydi ekspert. “Seminar ishtirokchilarining qanchasi boshlang‘ich saylovga borishi noma’lum. Ulardan kimlar o‘tadi va partiyaning saylov ro‘yxatlariga kiradi, keyinroq balki hudud dumasida deputat bo‘lar – biz buni vaqti kelganda hisoblaymiz», – deya xulosa qildi siyosatshunos.
P.S. Rossiya hukumati tomonidan yoshlarni ayniqsa ko‘ngillilarni *(volontyorlar) siyosatga olib kirilishi hamda ularni alohida hukumat siyosati bilan tanishtirish maqsadida o‘quvlarga jalb etilishi amaldagi hukumatning tarafdorlari sonini (sifatini emas!) oshirishga katta xizmat qiladi. Yana bir gap avvalroq saytimizda Rossiya 2021 yilgi siyosiy hayotga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mamlakatda faoliyat olib borayotgan mahoratli siyosiy strateglar va ijtimoiy-siyosiy tahlil bo‘yicha yosh mutaxassislarni tanlab olish maqsadida tanlov e’lon qilinganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Bir so‘z bilan aytganda siyosatdagi o‘yinlar o‘sha eskilar bilan olib boriladi ammo yoshlarning qo‘li bilan amalga oshiriladi.