Bizda bori qayda bor?

Mehnat muhojirlari uch oy ichida O‘zbekistonga qariyb 1,5 milliard dollarni yuborgan.

Respublika Markaziy banki maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yil yanvar-mart oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul  o‘tkazmalari hajmi 1,42 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31 foizga ko‘p, deb qayd etilmoqda.

Avvalroq, Toshkentda Moskva migratsiya markazining vakolatxonasi ochilgan edi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi esa aprel oyi boshida Rossiyada ulkan rejalarini amalga oshirish uchun yetarli miqdordagi mehnat migrantlari yo‘qligini haqida taʼkidlagan edi.

P.S. surunkali davom etayotgan O‘zbekiston tashqi qarzi qanchadur mlrd. bo‘ldi degan xabarlar ummonida 3 oyda mamlakatga kirib kelgan real daromad haqidagi yangiliklar ham bor ekan.

Bu daromad ortidan “sarflanayotgan” juda katta ijtimoiy inqirozlar boshqa masala…

Biz mehnatkash xalqmiz ish beringlar!