Rossiya MDH davlatlaridan noqonuniy migrantlarini olib ketishni talab qildi. Muddat – 15 iyun

Bu haqda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy MDH davlatlarining parlamentlararo yig‘ilishida aytib o‘tdi.

A.Gorovoy Rossiyadagi migrantlar 15 iyunga qadar olib chiqib ketilmasa, ularni mamlakatdan majburan chiqarib yuborish va chegaralarni yopish hamda jazolash bilan tahdid qilgan.

O‘z navbatida, Ichki ishlar vazirligi ushbu sanaga qadar mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etgan noqonuniy muhojirlarni jazolamaslikka va’da bermoqda.

Mana shu migrantlar ichida eng ko‘pi, albatta O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda 332ming nafar, keyingi o‘rinda Tojikiston 247ming nafar, Qirg‘iziston 115ming nafar Qozog‘izstondan esa 49ming nafar.

Biroz oldinroq ma’lumot berganimizdek, mehnat muhojirlari 2021 yilning dastlabki uch oyi ichida O‘zbekistonga qariyb 1,5 milliard dollar yuborgan.Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31 foizga ko‘p, deb qayd etilmoqda.

Pul kelsa bo‘ldi, uni rasmiy muhojir yuborganmi yoki qonunga hilof ravishda ishlab yurganimi farqi yo‘q. Asosiysi pul oqimi O‘zbekistonga kirib kelmoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar yoki ichki ishlar vazirligi mulozimlaridan rossiyalik hamkasblarining bu murojaati bo‘yicha ma’lumot berishlarini kutamiz.

P.S. yana bir bor aytamiz xalqimizga ish bering! Biz mehnatkash xalqmiz.