Xitoy COVID-19ga qarshi vaksinalarining samaradorligi pastligini tan oldi

XXR kasalliklarini nazorat qilish markazi rahbari Gao Fu Xitoy vaksinalarining “COVID-19”ga qarshi samaradorligi pastligini tan oldi. Hokimiyat samaradorlikni oshirish uchun mavjud vaksinalarni birlashtirmoqchi.

Bu birinchi marta xitoylik rasmiylar tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarning COVID-19ga qarshi “yuqori himoya darajasiga ega emasligini” ochiq tan olishdir.

Shu vaqtning o‘zida, Xitoy tezlik bilan ushbu mavzudagi xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda senzuraga kiritdi. Lekin, rasmiyning bildirgan mulohazalari tarqab bo‘lgan edi. Shu bois, biroz vaqt o‘tib rasmiy tomonidan bildirilgan mulohazalar yangiliklarda paydo bo‘ldi.

Pekin esa samaradorligi ancha past bo‘lgan millionlab vaksina dozalarini boshqa mamlakatlarga, jumladan Meksika, Turkiya, Indoneziya, Vengriya, Serbiya, Braziliya va Chiliga yetkazib berish bo‘yicha bitimlar tuzishga ulgurgan.