Qirg‘iziston parlamenti koronavirusni davolashning yangi usuliga ishonmadi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda COVIDni agar u dastlabki bosqichda bo‘lsa 2-3 kun ichida davolashni o‘rganishganligini qayd etgan edi.

“Hozir respublikaning barcha shifoxonalarida bemorlarni Issiqko‘l ildizi bilan davolashmoqda”, – dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari. Bemorga damlama miqdorini Sadir Japarovning o‘zi belgilaydi, ular damlamani birgalikda tayyorlashadi, deya qo‘shimcha qilgan edi vazir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari aytgan gaplarini isbotsiz qoldirmaslik maqsadida, damlamani efir vaqtidayoq ichgan edi.

Ijtimoiy masalalar qo‘mitasi COVID-19ni Issiqko‘l ildizidan damlamasi bilan davolagan Sog‘liqni saqlash vaziriga ishonmasligini bildirdi.

Parlament o‘z qarorini Bosh vazirga yuborishi aytilmoqda.