Putin Berdimuhammedov koronavirusga qarshi birgalikda kurashadi

Ular bu haqda telefonda kelishib oldi. (Putin bilarmikan Turkmanistonda rasman koronavirus qayt etilmaganini…. Biladi Albatta. Unda Berdimuhammedov nimani muhokama qilgan ekan?)

Rossiya prezidenti Turkmaniston rahbari bilan koronavirusga qarshi birgalikda kurashni muhokama qilish bilan birga, ular mamlakatlar o‘rtasidagi muvaffaqiyatli strategik sheriklikka ham to‘xtalib o‘tdilar.

Bunday sermulozamatlikning asosiy sababi yaqinda bu yilga rejalashtirilgan oltinchi Kaspiy sammiti va ikkinchi Kaspiy iqtisodiy forumi tashkil etilada. Albatta suhbat mobaynida tadbirga tayyorgarlik masalalari ham alohida muhokama qilinganligi aytilmoqda.

Mazkur loyiha haqida saytda avvalroq maʼlumot berib o‘tilgan edi.

Taxminan 30 yillik muzokaralar, tortishuvlar va tahdidlardan so‘ng Ozarbayjon va Turkmaniston bahsli uglevodorod konlarini birgalikda ishlab chiqarishga kelishib oldi, o‘rtadagi kelishuv esa “Do‘stlik” deb nomlandi.

Sobiq ittifoq qulaganidan keyin ikki mamlakat tomonidan ushbu hududga nisbatan egalik qilish huquqlari eʼlon qilingan: Ozarbayjon uni “Kapa”», Turkmaniston esa “Serdar” deb atadi. Aslida, bu Kaspiy dengizi markazida, Ozarbayjon va Turkmaniston o‘rtasida joylashgan uchta bahsli konlardan biri edi.

Qolgan ikkitasi “Azeri” va “Chirag‘” konlari bo‘lib, ularni Turkmaniston “Umar” va “Usmon” deb ataydi. Ammo Ozarbayjon 1997 yilda “Chirag‘” va 2002 yilda “Azeri”  konlarini VR boshchiligidagi xalqaro konsorsium yordamida Turkmaniston bilan mulkiy nizoni hal qilmasdan o‘zlashtira boshlagan edi.

Hozir Ozarbayjonda TANAP gaz quvurini to‘ldirish uchun yetarli gaz yo‘q, chunki quvurlar hajmi 60 milliard kb/m gacha o‘sgan va garchi bir nechta mamlakatlar TANAPni to‘ldiradigan gaz taʼminoti manbalari sifatida tilga olingan bo‘lsada biroq, hech qanday shartnoma tuzilmagan.

Tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘ringa ega bo‘lgan Turkmaniston TANAP orqali Yevropaga gaz yetkazib berish uchun eng yaxshi va to‘g‘ri tanlov sifatida ko‘rila boshlandi.

“Do‘stlik” kelishuvi esa ayni muddao. Mazkur kelishuvga binoan, Ozarbayjon tomoni 30 foiz, Turkmaniston esa 70 foiz resurslarga egalik qilish huquqlarini qo‘lga kiritmoqda.

Endi esa eng qizig‘i, resurslar hududning qaysi qismida joylashganligi va uni kim ishlab chiqarishi kerakligi to‘g‘risida uzoq tortishuvlardan so‘ng, oxir-oqibat u yerga rossiyaning Lukoyl kompaniyasi keldi