Shaxsga sig‘inishning har doim bir tomoni bo‘ladi vaqt o‘tadi va barchasi unitiladi. Meri shahridagi tashkilotlardan birining hovlisida bir byust tashlab qo‘yilgan.
Turkmanlar byust kimga tegishligini yaxshi biladilar. Bu Saparmurat Niyozov, Turkmanistonning birinchi prezidenti.
Bir vaqtlar “bosh”ning aynan shu qiyofasi mamlakatning har bir fuqarosiga tanish bo‘lgan. Yaqin-yaqingacha hamma uni “Turkman xalqining abadiy buyuk rahnamosi”, “oy yuzli Sardor”, “barcha turkmanlarning boshi” va yana ko‘plab taʼriflar bilan tilga olgan edi…
Endi esa bir keraksiz buyum kabi tashlangan. Buni unutish deyishadi.