Aprel oyi o‘rtalarida Toliblar Afg‘onistonda bahorgi hujumni boshladilar. So‘ngi ikki hafta ichida mamlakatning deyarli yarmida terroristik hujumlar va to‘qnashuvlar soni sezilarli darajada oshdi. 1 maydan boshlab jangovar harakatlarning yana-da yuqori intensivligi qayd etilmoqda – toliblar tomonidan uyushtirilgan reydlar soni kuniga 160 ta epizodni tashkil qilmoqda.
Janglarni ko‘payishi ikki tomon yo‘qotishlarini sezilarli darajada ko‘payishiga olib kelmoqda. Tolibonning yo‘qotishlari kuniga 50 dan 80 kishini tashkil qilmoqda. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bergan maʼlumotlariga ko‘ra, ular kuniga 25-30 kishiga, baʼzan esa ko‘proq askar yo‘qotmoqdalar. Xavfsizlik kuchlari orasida eng katta yo‘qotishlar toliblar tomonidan oldindan rejalashtirilgan o‘z joniga suiqasd qilish hujumlari paytida, pistirma hujumlari natijasida, shuningdek, toliblarning nazorat punktlarini egallab olish bo‘yicha yirik operatsiyalari paytida yuz bergan. Tolibonning asosiy talafotlari havo hujumlari va Afg‘oniston armiyasi qo‘mondonligi, razvedka va politsiyaning maqsadli operatsiyalari paytida yuz beradi.
1 maydan boshlab toliblar Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining kattaroq tayanch punktlari mudofaasi elementlari bo‘lgan alohida nazorat punktlarini egallab olish maqsadida mamlakatning bir necha viloyatida bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan nuqtali hujumlar taktikasini amalga oshirmoqdalar. Shubhasiz, bu keyinchalik aynan shu bazalarning o‘ziga amalga oshiriladigan hujumlarga tayyorgarlik hisoblanadi. Ayni paytda Tolibonning ustuvor maqsadlari mamlakatning g‘arbiy va shimoliy viloyatlari – Hirot, Farax, Bag‘lon va Badaxshon. O‘tgan 48 soat ichida bu yerda Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari eng katta yo‘qotishlarga duch keldi (bitta katta nazorat punkti qo‘ldan boy berildi va 37 kishi halok bo‘ldi, ulardan 20 nafari Faraxda). Avvalroq, janubdagi Hilmand viloyatida Tolibon Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining 10 ga yaqin postlarini egallab olgan edi.
Bugunga kelib Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari, faol mudofaadan tashqari, o‘rta va quyi darajadagi dala qo‘mondonlarini yo‘q qilish yoki qo‘lga olish, infratuzilma obyektlarini (qurol, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar bilan jihozlangan omborxonalarni) aniqlash, Tolibon razvedka tarmoqlarini yo‘q qilishga qaratilgan maqsadli operatsiyalar doirasida muvaffaqiyatli taktikaga amal qilishmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan bir necha kun ichida xavfsizlik kuchlari tomonidan 20 dan ortiq Tolibon dala qo‘mondonlari yo‘q qilingan yoki qo‘lga olindi, shu jumladan Hilmand viloyatidagi Tolibonning “qizil” guruhi (maxsus kuchlari) qo‘mondoni. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari maqsadga muvofiq ravishda toliblarning qo‘mondonlik shtabini joylardan chekinishga majburlab jangarilarga o‘z harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.
Hozirgi vaqtda Badaxshon, Hirot, Kobul, Logar, Nangarhor, Bag‘lon, Hilmand, Lagman, G‘azni, Balx, Faryob, Farax viloyatlarida turli xil intensivlikdagi jangovar harakatlar sodir bo‘lmoqda. O‘tgan 2 kun davomida u yerda 60 dan ortiq Tolibon o‘ldirilgan va shuncha jangari yaralanib safdan chiqarilgan.