Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan ssenariy eʼlon qilindi

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazir tomonidan 2021 yil iyun-sentyabr oylari uchun koronavirus uchun ssenariyni aytib o‘tildi.

Pessimistik ssenariyga ko‘ra, emlash samaradorligi kamida 60 foizni tashkil etganda, iyun-sentyabr oylarida kasallanish 95 ming kishini tashkil qiladi. Real ssenariyga ko‘ra, kamida 80% emlash bilan kasallanish taxminan 65 ming kishini tashkil qiladi. Optimistik ssenariy bo‘yicha kamida 90% fuqarolarning emlanishi bilan kasallanish taxminan 61 ming kishini tashkil qilishi mumkin.

«Ssenariy fuqarolarni emlash faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan, davlat idoralari emlashni qamrab olishni oshirishi uchun axborot ishlarini olib borishga ko‘proq eʼtibor qaratishi kerak», – dedi vazir Soy.

P.S.Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan pandemiya davrida yaxshi anana yo‘lga qo‘yildi. Aholi uchun doimiy ravishda 3ta yo‘nalishda yaʼni pessimistik, real va optimik tarzdagi ssenariylar eʼlon qilinib jamoatchilikni qaysidur maʼnoda ogohlantirilib boriladi. Bu yerda vazirlik aksariyat xollarda jamoatchilik tomon yon bosib hukumatga vazifalarni eslatib o‘tadi. Balki, bizda ham shundaydur shunchaki biz bexabar qolib ketayotgandirmiz…