Jahon banki O‘zbekiston va Tojikistonga iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun 19 mln.($) yordam beradi

Jahon banki O‘zbekiston va Tojikistonga iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun moliyaviy yordam beradi, deb xabar berdi Ациа-Плус agentligi 25 iyun kuni. Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish dasturi doirasida 19 million dollar ajratiladi.

Mablag‘lar Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi, Tojikiston atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qabul qilinib olinadi.

Iqlim o‘zgarishiga moslashish dasturi 2016 yildan beri amalga oshirilmoqda. 15 mingdan ziyod kishi mazkur loyihadan manfaatdor bo‘ldi. Dastur doirasida 4,3 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.