MDH davlatlarining 700 mingdan ortiq fuqarosi Rossiyada noqonuniy tarzda yashamoqda

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, oldinroq mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar soni 1 millionga yaqin bo‘lgan.

Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, politsiya general-polkovnigi Aleksandr Gorovoyning Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistonning mamlakatdagi elchilari bilan onlayn muloqoti davomida maʼlum qilindi.

Vazir o‘rinbosari shuningdek, yil boshidan buyon chet elliklar o‘rtasida jinoyatchilik 5 foizga o‘sganini taʼkidladi.