Erdog‘an “o‘yinida” mag‘lub bo‘lgan Japarov

Turkiya poytaxtida Orxan Inandi ustidan sud jarayoni boshlandi.

Turkiyada “Sapat” xalqaro taʼlim muassasasi prezidenti Orxan Inanda ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda turk matbuoti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, jarayon Anqara jinoiy sudida davom etmoqda. Orxan Inandi yig‘ilishda o‘zi saqlanayotgan qamoqxonadan videokonferensaloqa orqali qatnashdi. Uning advokati esa sud zalida bo‘lgan.

Ayblanuvchi o‘z nutqida o‘z himoyasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha vaqt talab qilgan. Orxan Inandining so‘zlariga ko‘ra, qo‘li singanligi sababli u bu ish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini to‘g‘ri tayyorlay olmagan.

Bundan tashqari, Orxan Inandi ish materiallarida guvohlarning baʼzi izohlari bilan tanishib chiqa olmagan bois, keyingi sud majlisigacha ana o‘sha materiallar bilan tanishib chiqish uchun imkon berilishini hamda suddan sog‘lig‘idagi muammolar tufayli qamoqdan ozod qilishni so‘ragan.

Sud Orxan Inandini hibsda saqlanishi bo‘yicha qaror qabul qilib, sud majlisini keyinga qoldirgan.

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an 2021 yil 5 iyulda TRT Xabar telekanali efirida FETOning yuqori rahbarlari deb atalganlardan biri Orxan Inandining qo‘lga olinib Turkiyaga olib keliganini aytgan edi.

Orxan Inandi 2021 yil 31 mayda g‘oyib bo‘lgan. “Sapat” xalqaro taʼlim muassasasi prezidentining rafiqasi Reyxan Inandi to‘rt marta prezident Sadir Japarovga turmush o‘rtog‘ini topishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

6 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov intervyusida hukumat Inandini tezroq Qirg‘izistonga qaytarishni talab qilgan.

Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turkiya elchisiga nota topshirdi va Inandini o‘z vataniga qaytarishga chaqirgan.

Bishkek shahar ichki ishlar boshqarmasi “Sapat” munitsipal taʼlim muassasasi direktori Orxan Inandi ikki fuqarolikka ega ekanligini maʼlum qildi.

Anqara sudining qarori bilan u hibsga olingan.

P.S. umuman olganda bu haqda saytda bir nechta materiallarda to‘xtalib o‘tilgan edi.

Qisqaroq xulosa yasalganida Japarov yangi hukumatga kelgan vaqtida unga katta miqdorda mablag‘ kerak edi. Shu sababli, Inandini “qurbonlikka”  keltirish orqali Erdog‘andan moliyaviy yordam olish ilinji bor edi. Ammo tashrif mobaynida hech qanday katta kelishuvlarga ham, kutilgan moliyaviy yordamlar ham berilmaganligi bois, ozroq vaqt o‘tkach vaziyat jamoatchilikka olib chiqildi.

Avvaldan Inandini turk razvetka xizmati bilan hamkorlikda Erdog‘anga topshirilgan edi.

Shunchaki, Japarov Erdog‘anning o‘yinlarida teng raqobat qilishi uchun tajriba yetishmadi.

Bu jarayonda ham siyosatchi sifatida, ham bir mamlakat rahbari sifatida obro‘siga putur yetdi.