JSST tasdiqlamagan dorilar Ashxobodliklarga berilmoqda

40 yoshdan oshgan Ashxobodliklarga “virusli kasalliklarning” oldini olish uchun tabletkalar berilayotgani aytilmoqda.

«Xroniki Turkmenistana» nashrining xabar berishicha, Ashxobod poliklinikalari shifokorlari o‘z hududining 40 yoshdan oshgan aholisiga virusli kasalliklarning oldini olish uchun tavsiya etilgan yallig‘lanishga qarshi dori Ресонил (gidroksiklorokin) va Paratsetamol dorilarini tarqatishmoqda.

Shifokorlar “koronavirus” yoki “COVID-19” so‘zlarini ishlatmaydilar, faqat “virus” so‘zi bilan chegaralanadilar.

Shifokorlar Reconilni kuniga ikkita tabletkadan ovqatdan keyin ichishni tavsiya qilmoqda.

Alohida taʼkidlash kerakki, JSST veb-sayti gidroksiklorokinni yaʼni Reconilni СОVID-19 ni davolash va oldini olishda ishlatish tavsiya etilmasligi haqida xabar berilgan. Preparatni  koronavirusga samaradorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ijobiy natijalar bermagan.

Turkmanistonda fuqarolarni tinchlantirishga urinayotgan shifokorlar, epedemiya to‘lqini va kasallik bilan bog‘liq o‘limlar soni kamayayotganini aytishmoqda. Biroq, “XT” nashrining jurnalistlari bunday xulosaga kelishga shoshilmaslikni aytmoqda.

Kasalxonalarda hali ham joylar yetarli emas. Qabristonlarda esa go‘rkovlar qabr qazishga ulgurmayotgani aytilmoqda.

“XT” nashrining maʼlum qilishicha, Axal viloyatidagi Noxur qishlog‘ida har kuni kamida ikki yoki uch kishi dafn qilinmoqda.