Yevropa Ittifoqi Tojikistonda afg‘on qochqinlari uchun lager quradi

OAVlarda maʼlum qilinishicha, u Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin joyda, Shamsiddin Shoxin tumanidagi Xirmanjo hududida joylashadi.

Taʼkidlash joizki, Tojikistonni o‘z ichiga olgan KXSHTga aʼzo bo‘lgan davlatlar qochqinlarni o‘z hududlariga joylashtirishni to‘g‘ri qaror deb hisoblamaydi.

V.Putin ilgari bu fikrni tanqid qilgan. Uning fikricha, “G‘arb AQSH va Yevropa vizalarini olishdan oldin qochqinlar uchun “tranzit punktlari” sifatida Markaziy Osiyo davlatlarini ishlatmoqchi”.

Tojikiston Ichki ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Kobulda hokimiyat almashganidan so‘ng, 5 mingga yaqin afg‘on harbiylari davlat chegarasini kesib o‘tishgan.

Ammo mamlakat katta miqdordagi qochqinlarni qabul qilishga tayyor emas, buning uchun zarur infratuzilma yo‘q.