Qirg‘iziston hukumati mamlakatdagi hujjatlar almashinuvini davlat tiliga o‘tkazishga harakat qilmoqda

Bu haqda prezident Sadir Japarov maʼlum qilgan.

“Ish yuritishning davlat tiliga o‘tishi uchun faqat xohish kerak”, dedi u.

Rasmiylar “jamiyat hayotining barcha sohalarida qirg‘iz tilining keng ko‘lamli ishlashiga” erishmoqchi.

Respublikadagi rus tili rasmiy maqomga ega. Hozir hujjat aylanishi qirg‘iz va rus tillarida olib borilmoqda.