Katta “AKA”lar yana kelisha olmadi

AQSh Rossiya Federatsiyasi bilan Markaziy Osiyoda Rossiya harbiy bazalaridan foydalanishni muhokama qildi.

Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan muzokaralarni AQSh Qurolli Kuchlari shtablari rahbarlari qo‘mitasi raisi, general Mark Milli olib borgan.

Qo‘shma Shtatlar shu tariqa Amerika qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin Afg‘onistondagi vaziyatni kuzatish uchun yangi imkoniyatlarni qidirmoqda.

Maqolada taʼkidlaganidek, Gerasimov Milliga hech qanday vaʼda bermagan.

Avvalroq AQSh Kongressi Pentagonga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikni taqiqlagan edi.

Putin va Bayden uchrashuvidan so‘ng, ommaviy axborot vositalari rahbarlari Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya bazalaridan foydalanish masalalarini muhokama qilgan edi.