Qirg‘iziston xakerlik hujumlari soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi

Qirg‘iziston Internet orqali xakerlik hujumlari soni bo‘yicha dunyo antireytingida beshinchi o‘rinda. Bu haqda Internetni boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo forumida Kasperskiy laboratoriyasining mintaqaviy ofisi tijorat direktori Valeriy Zubanov maʼlum qildi.

“Birinchidan, xakerlarni foydalanuvchilarning shaxsiy va bank kartalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar qiziqtiradi, ikkinchi o‘rinda moliyaviy va tijorat tashkilotlari, uchinchidan – davlat idoralari va strategik obyektlar”, – dedi u.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, respublika mahalliy zararli dasturlarni yuqtirish soni bo‘yicha anti-reytingda 12-o‘rinda turadi.

Bu kompyuter viruslari Internetda emas, balki yuqtirilgan “tarmoqlar – flesh-kartalar va boshqalar yordamida tarqaladigan holatlar”, dedi u.

Qayd etilishicha, jinoyatchilar bezorilik maqsadida davlat tashkilotlarining veb -saytlarini buzib kirishi odatiy hol sanaladi.

Maʼulmotlarga ko‘ra, oxirgi paytlarda davlat departamenti saytini buzishga urinishlardan biri fevral oyida sodir bo‘lgan edi. Tajovuzkor zararli dasturlar yordamida GKNB veb -saytiga kirishga harakat qilingani aniqlanagan.