Offshor orqali o‘z mamlakatiga investitsiya kiritayotgan davlat rahbarlari

Jurnalistlar Xalqaro Konsorsiumi “Pandora fayllari” ni nashr etdi.

Unda quyidagilar ochiqlangan:

📍 Chexiya Respublikasi bosh vaziri Babish offshor investitsiya kompaniyasi yordamida Fransiyaning janubida 22 million dollarlik qasrni sotib olgan;

📍 Pokiston Bosh vaziri Imron Xonga yaqin insonlar offshor kompaniyalarga egaligi aniqlangan, biroq Bosh vazirning ishtiroki haqida hech qanday maʼlumot yo‘q;

📍Ozarbayjonda iqtidorda bo‘lgan Aliyevlar oilasi so‘nggi yillarda Britaniyadagi qariyb 400 million funtlik ko‘chmas mulkini sotib yuborgan;

📍Rossiyadagi birinchi kanal bosh direktori Konstantin Ernst Moskvadagi sovet kinoteatrlarini buzish loyihasida ishtirok etayotgan Britaniya – Virjiniya orollaridagi offshor kompaniyaning benefitsiari (bilvosita egasi) bo‘lib chiqdi;

📍Keniya Prezidenti Uxuru Kenyatta va uning oilasi 30 million dollardan ortiq aktivlarni offshorga o‘tkazgan;

📍 Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining offshor kompaniyadagi 25% aksiyalarini hozir o‘zini maslahatchisi bo‘lib ishlaydigan yaqin do‘stiga nomiga o‘tkazib bergan.

📍Ukraina Prezidenti Zelenskiy va aka-uka Shefirlar offshorda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, uning egasi Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari ekanligi aniqlangan;

📍Zelenskiy va uning yaqin sheriklari oligarx Kolomoyskiyga bog‘liq tuzilmalardan 40 million dollar o‘tkazishda ishtirok etganligi gumon qilinmoqda;

📍 AQSHning eng yirik yuridik firmasi Baker McKenzie Kolomoyskiyga shubhali kompaniyalar orqali milliardlab dollarlarni yuvishga yordam bergan;

📍Jurnalistlar konsorsiumi tomonidan AQSH soliqdan qochuvchilar uchun eng katta “panogoh” deb topilgan;

📍 Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler 2017 yilda offshor kompaniyani sotib olgan va kompaniyaga tegishla bo‘lgan Londonda 6,4 million funt sterlingga baholangan bino egasiga aylangan;

📍 BBC tomonidan to‘plangan maʼlumotlarga ko‘ra, Iordaniya qiroli Abdulloh II Buyuk Britaniya va AQShda yashirin ravishda 70 million funtlik mulk sotib olgan;

📍 Xonanda Shakira va supermodel Klaudiya Shiffer offshor aktivlar bilan bog‘liq insonlar hisoblanadi;

📍 Maʼlumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning “Barselona” bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati davomida, Ispaniyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun bir necha yil Andorrada bank hisob-raqami bo‘lgan;

📍 Xonanda Xulio Iglesias Britaniyaning Virjiniya orollarida kamida 20 ta kompaniya ochgan bo‘lib, ular orqali 112 million dollarga uy sotib olgan;

📍 OCCRP Tergov markazining maʼlum qilishicha, Ozarbayjon rahbariyatidagi Aliyevlar va ularning sheriklari 2006 yildan beri ilgari nomaʼlum bo‘lgan 84 ta offshor kompaniyalarga egalik qiladi.

P.S.Markaziy Osiyo davlatlari haqida ham maʼlumotlar ochiqlanishi kutilmoqda kuzatishda davom eting.