Qirg‘iziston saylovda ТикТок bilan hamkorlik qiladi

Markaziy saylov komissiyasi rahbari TikTokning MDH davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashdi.

Ular “platformada siyosiy tashviqotni oldini olish uchun” hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Qirg‘iziston parlamentiga saylov 28 noyabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oktyabr oyida Joqorg‘i Kengashga o‘tgan saylovlar ommaviy noroziliklar bilan yakunlangan edi. Bu esa prezidentning isteʼfosiga olib kelgandi.

Buning natijasida ovoz berish natijalari bekor qilingan.

P.S. Dunyo siyosatini belgilashda muhim rol o‘ynayotgan ijtimoiy tarmoqlar bilan bugungi kunda hukumat tepasida turganlar kelishmoqda.

Kuzatamiz…