Turkmaniston Norvegiyaning so‘z erkinligini taʼqib qilish haqidagi daʼvolariga javob berdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashining 48-sessiyasi davomida Jenevadagi Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasining birinchi kotibi Maqsat Bekiyev “maʼlumot tarqatgani uchun mamlakat fuqarolari taʼqib qilinayotgani” haqidagi daʼvolarga javob berdi.

Norvegiyaning BMTdagi doimiy vakili Tine Myorch Smit  Turkmanistondagi siyosiy mahbuslar bilan bog‘liq vaziyatga eʼtibor qaratishga chaqirib quyidagilarni bayon qilgan.

“Ko‘p mamlakatlarda so‘z va matbuot erkinligi qattiq bosim ostida”.

Shuningdek, Internetda va oflayn rejimda senzura qilish texnologiyasining keng qo‘llanilishidan jiddiy xavotir bildirgan. Uning talabiga ko‘ra: “Biz Belorussiya, Turkmaniston va Tojikistonni o‘z fikri yoki bayonoti uchun qamalgan barcha odamlarni ozod qilishga chaqiramiz”.

Elchi, shuningdek, alohida eʼtibor talab qiladigan davlatlar sifatida KXDR, Eritreya, Ekvatorial Gvineya, Bahrayn, Eron, Saudiya Arabistoni va Xitoyni tilga olgan.

Bunday “ayblovlardan” so‘ng M.Bekiyev  shunday dedi: “Afsuski, Norvegiya elchisi tomonidan bildirilgan hibsga olish to‘g‘risidagi bayonoti subyektiv va bir tomonlama bo‘lib, mamlakatdagi haqiqiy vaziyatga mos kelmaydi”.

Diplomatning aytishicha, Turkmaniston Konstitutsiyasi har bir fuqaroga fikr va so‘z erkinligini kafolatlaydi.

Bekiyev, Turkmaniston hukumati inson huquqlariga rioya etilishini maʼlum qildi va Norvegiyani “ishonchli va to‘g‘ri maʼlumotlarga tayanishga” chaqirdi.