Dekarbonizatsiya haqida

Jahon hamjamiyati iqlim o‘zgarishi kun tartibi doirasida karbonsizlanish haqida uzoq vaqtdan beri gapirib kelmoqda, ammo yaqin kelajakda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham muqobil energiya manbalariga keng ko‘lamli o‘tish imkoni yo‘q.

Birinchidan, Yevropadagi hozirgi energetik inqiroz shuni ko‘rsatdiki, yaqinlashib kelayotgan qishda tabiiy gazning kamaygani isitish mavsumi oldidan, Yevropa Ittifoqidagi bir qancha kompaniyalarning bankrotligiga olib keldi. Gazning umuman yo‘qligi esa, rasmiylarning fikriga ko‘ra, mavjud vaziyatni yana-da qiyinlashtiradi.

Ikkinchidan, kelajakda bo‘lsada, uglerod chiqindilarini kamaytirish ancha qimmatga tushadigan loyiha hisoblanadi. Qayta foydalanish uchun esa zarur miqdorda uglerodni ushlash va saqlash texnologiyalarini talab qiladi. Bu neft narxining oshishiga olib keladi va import qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsir qiladi.

Bundan tashqari, ushbu energiya almashinuvi, albatta, neft va gaz kompaniyalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yoki dekarbonizatsiya uchun maʼlum shartlar bajarilgan taqdirda ichki bozorda ularga imtiyozlar yaratish bilan amalga oshirilishi kerak, lekin, qo‘shimcha soliqlar va cheklovlar joriy etish  bilan emas!