Vaksinalarni “kamyob” nevrologik asoratlari

Tadqiqotchilar BioNTech/Pfizer vа Oxford/AstraZeneca vaksinalarini “yettita kamyob nevrologik asoratlar” bilan bog‘lashdi, deb yozmoqda Финансиал Тимес. Mazkur xulosaga Angliyada 32 million emlangan kattalarni o‘rganishdan olingan maʼlumotlar asosida kelingan.

Xususan, birinchi Oxford/AstraZeneca vaksinasini olganlar orasida immun tizimi periferik nervlarga taʼsir qiladigan Giyena-Barre sindromi holatlari ko‘payganligi aniqlandi, buning natijasida mushaklar kuchsizligi, og‘riq yoki uyquchanlik, og‘irroq holatlarda esa falajga olib kelgan.

Bundan tashqari, BioNTech/Pfizer bilan emlanganidan keyin 28 kun ichida gemorragik insult yoki miya qon ketishi xavfi ortgan (10 million kishiga 60 ga yaqin gemorragik insult), bu xavf ayollarda ko‘proq uchragan.