Ayollar koloniyasidagi mahbuslarga oziq-ovqat yetishmayotgani aytilmoqda

XT nashri “Turkmanistonda joylashgan Toshhovuzdagi ayollar koloniyasida oziq-ovqat yetishmayotgani to‘g‘risida” xabar bermoqda.

Qamoqxona ichida joylashgan novvoyxonada endilikda 300-350 dona non o‘rniga 150-200 dona non tayyorlanayotgani shuningdek, kartoshka ham belgilangan normaning yarimi – kuniga 50 kg ajratilayotgani aytilmoqda.

Koloniya rahbariyati mahkumlarga murojaat qilar ekan, ulardan “oziq-ovqat yetishmovchiligi tufayli yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarga tushunish bilan munosabatda bo‘lishni” so‘ragan. Ayollarga qarindoshlaridan posilka olishlariga to‘sqinlik qilmaslik vaʼda qilingan. Shuningdek, ularga qishki kurtkalarni, agar ular yorqin rangli bo‘lmasa, qarindoshlari olib kelishiga ruxsat berilgan, chunki gaz bosimi pastligi sababli koloniyadagi isitish juda yomon ishlaydi.

Koloniya xodimlaridan biri mablag‘ yetishmasligini Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar uchun mahkum ayollar tomonidan tikilgan forma va ichki kiyim uchun mablag‘ ajratilmaganiligi bilan izohladi. U 2-3 oy ichida bu masala hal bo‘lib, ovqatlanish holati yaxshilanishiga umid qilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, DZ-K/8 koloniyasi 2013 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, koloniya 850 mahbus uchun mo‘ljallangan.