Ayollar futbolidagi mojarolar

Iordaniya FA OFKga Eron ayollar jamoasi darvozabonining jinsini tekshirish bo‘yicha ariza yo‘lladi

25 sentyabr kuni Toshkentda ayollar o‘rtasida Osiyo Kubogi saralashidan o‘rin olgan Iordaniya hamda Eron o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Uchrashuvda eronliklar penaltilar seriyasida (0:0, 4:2) raqibdan ustun kelishgan.

Uchrashuvdan keyin Iordaniya futbol assotsiatsiyasi raqib darvozaboni Zoxre Xodaiyning ayol ekanligiga shubha qilib, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga uning jinsini tekshirishni talab qilgan holda ariza yo‘lladi. IFA prezidenti Ali bin al Xusayn ijtimoiy tarmoqlarda ushbu ish bo‘yicha tergov boshlashga chaqirgan.

Eron ayollar terma jamoasining barcha aʼzolari testosteron va gormon testidan o‘tadi. Shu kabi mojaro forslarda 2010 va 2015 yillarda ham qayd etilgandi.

Shunaqasi ham bo‘lib turadi.