Britaniya virusologlari SARS-CoV-2ning boshqa genetik variantiga qaraganda uni vaksinalarga nisbatan chidamliroq qiladigan bir qator mutatsiyalarni o‘z ichiga olgan yangi koronavirus shtammi paydo bo‘lganligi haqida xabar berishdi.
Daily Mail gazetasining veb-saytida xabar berishicha, yangi B.1.1.529 shtammining oqsilida 32 ta mutatsiya aniqlangan va ularning bir nechtasi bir vaqtning o‘zida patogenni antikorlar (antitela) bilan aniqlashni qiyinlashtiradi.