Oxirgi 5 yil ichida respublikalar o‘rtasidagi raqobat turli iqtisodiy ko‘rsatkichlar, siyosiy qarorlar, hukumatlararo yutuqlar, xalqaro shartnomalar va yirik xorijiy investitsiyalar uchun yangi poygalarga aylandi. Mirziyoyevning Toqayev bilan so‘nggi uchrashuvi ham batafsil tahlilga muhtoj, Toshkent va Nur-Sulton,ittifoqchi sifatida muntazam ravishda bitim va kelishuvlar tuzadigan raqobatdoshlarmi?
Ko‘pincha O‘zbekiston va Qozog‘iston haqidagi hikoyalar “raqobatchilar” sifatida soddalashtiriladi, lekin bu mamlakatlar Rossiya, Xitoy, AQSH va Turkiya doimiy ravishda nazorat qilish uchun kurashayotgan, har biri o‘z daʼvolariga ega bo‘lgan Markaziy Osiyoning asosiy davlatlari sifatida sinchkovlik bilan o‘rganishga loyiqdir.
O‘zbekiston va Qozog‘istonning siyosiy yetakchiligi va motivatsiyasining haqiqiy darajasi mamlakatlar doktrinal hujjatlarida o‘z aksini topgan. Qozog‘istonning tashqi siyosat konsepsiyasida “Qozog‘istonning mintaqadagi yetakchiligi” formulasi ikki marta qayd etilgan:
📌 “Qozog‘iston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi davlat … maqomini mustahkamlashi kerak”;
📌 “yetakchi mavqeini mustahkamlash va Qozog‘istonning MOdagi uzoq muddatli manfaatlarini ilgari surish”.
Doktrina darajasida Markaziy Osiyodagi davlatlararo munosabatlar tizimi Qozog‘iston uchun asosiy maqsad emas, balki tashqi dunyo bilan munosabatlarda davlatning muzokara pozitsiyasini oshirish vositasi hisoblanadi.
O‘zbekiston tashqi siyosati konsepsiyasining so‘nggi tahriri 2012 yilga borib taqaladi, yangisi 2021 yil dekabr oxirigacha qabul qilish rejalashtirilgan. Shunga qaramay, Mirziyoyevning birinchi prezidentlik davridagi tashqi siyosat amaliyotida qayd etilishicha, “Markaziy Osiyo hamkorligi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi” hisoblanadi.
O‘zbekiston Prezidenti 2021 yilgi Murojaatnomasida: “Biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch munosabatlarini yana-da mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratamiz, bu tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishidir”, – deydi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi “liderlik uchun kurash” asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: YAIM, aholi, hudud bilan o‘lchanadi.
Bunday solishtirishda Qozog‘iston iqtisodiyoti va maydoni bo‘yicha ancha oldinda: YAIM QR:164 milliard dollarga, nisbatan O‘R:58 milliard dollar (2020 yildagi ko‘rsatkichlar) hamda QR:2,699 kv.km, O‘R: 425 ming kv.km.
O‘zbekiston esa demografik masalada ustunlik qiladi: QR:18,7 million kishiga nisbatan O‘R: 33,4 million kishi (2020 yil ko‘rsatkichlari bo‘yicha).
Iqtisodiyotlar hajmidagi sezilarli farqga qaramay, so‘nggi 5 yil ichida eksport va importning ko‘rsatkichlari bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston solishtirganda katta farq mavjud emas.
2016 yildan 2020 yilga qadar O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga 7,7 milliard dollar, Qozog‘iston 13 milliard dollarlik mahsulot yetkazib bergan; import – 8,5 mlrd dollar va 6,5 mlrd dollar. Ammo shu 5 yil ichida Toshkent uchun Markaziy Osiyo bozori mamlakat tashqi savdo aylanmasining 12,5 foizini, Nur-Sulton atigi 4,4 foizni tashkil etdi. Toshkent mintaqalararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda katta iqtisodiy motivatsiyaga ega.
O‘zbekiston mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini butun dunyoga nisbatan qariyb 2 barobar tez mustahkamlamoqda, Qozog‘iston esa asta sekinlik bo‘lsa ham savdo-iqtisodiy jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasidan uzoqlashmoqda.
Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchilikni turlicha qabul qiladi. Nur-Sulton uchun mintaqaviy masalalar tashqi davlatlar bilan strategik diplomatiyaning elementidir. Toshkent milliy taraqqiyotni rivojlantirish uchun mintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga taktik yondashuvga ega.
Hozir Mirziyoyev va Toqayev yirik davlatlarning roli va manfaatlari ajralgan mintaqada qulay diplomatik pozitsiyani egalladilar.
Siyosatda o‘zaro aloqalarni qurishni o‘zini yo‘li mavjud. Ular milliy manfaat va jarayonning barcha ishtirokchilari ehtiyojlarini qondiradigan loyihalar bilan belgilanadi. Ochiq gapiradigan bo‘lsak, mamlakatlarning umumiy manfaatlari, umumiy maqsadlari yo‘q. Ularda milliy manfaatlarni himoya qilish, bu vazifaga javob beradigan sohalarda birgalikda ishlash istagi bor.