Saudiya Arabistoni o‘zining “Gollivudi”ni yaratmoqchi

Saudiya Arabistoni kinokomissiyasi qirollikni jahon miqyosidagi kino sanoati markaziga aylantiruvchi asosiy tamoyil va tashabbuslarni belgilab beruvchi o‘z strategiyasini eʼlon qildi, deb yozmoqda Saudi Gazette nashri.

Belgilangan maqsad – 500 million dollar daromadga ega sanoatni qurish.

“Strategiya Saudiya Arabistonini global kino ishlab chiqarish markaziga aylantirish bo‘yicha ambitsiyalarni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasini taqdim etadi”.

Saudiya Arabistonidagi kino sanoati Yaqin Sharqdagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, bu eʼtibor qaratish kerak bo‘lgan rivojlanayotgan bozor ekanligidan yana bir dalolatdir”, — dedi komissiya rahbari Abdulla al-Xatoniy.

Yaqin kelajakda mahalliy va xorijiy kinoijodkorlarni qirollik hududidan o‘z filmlari uchun suratga olish joyi sifatida foydalanishga chorlaydigan tashabbuslar eʼlon qilinadi. Shuningdek, Saudiya kino instituti ham ochiladi, u kino ijodkorligi va kinematik hikoyalar bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikka qaratilgan. Strategiya 6-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan birinchi Jidda xalqaro kinofestivalining ochilishi oldidan eʼlon qilindi.

Saudiya Arabistonida birinchi ommaviy kinoteatrlar 2018 yilning mart oyida ochilgan, dedi mamlakat madaniyat va axborot vaziri Avad bin Solih al-Avad. Unga ko‘ra, ayni paytda kinoteatrlarga litsenziya berish jarayoni davom etmoqda. “Bu madaniyat sohasi iqtisodiyoti rivojlanishida tub burilish davri. Kinoteatrlarning ochilishi iqtisodiy o‘sish va diversifikatsiya uchun katalizator bo‘lib xizmat qiladi”, dedi Saudiya Arabistoni qirolligining madaniyat va axborot vaziri.

2030 yilga kelib Saudiya Arabistonida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan nazorat qilinadigan “Vision 2030” strategik iqtisodiy konsepsiyasi doirasida 300 ga yaqin kinoteatr va bir necha mingta kino ekranlar ochilishi rejalashtirilgan. Hukumat prognozlariga ko‘ra, bu 30 ming yangi ish o‘rni yaratib, mamlakat iqtisodiga 24 milliard dollardan ko‘proq foyda olib kelishi mumkin.

Shahzoda Muhammadning so‘zlariga ko‘ra, kinoteatrlar ekstremizm darajasini pasaytiradi: “Agar siz terrorizmga qarshi kurashmoqchi bo‘lsangiz, odamlarga ko‘p sevgi bering. Sevgi quvonch orqali keladi, kino esa quvonchdir.”

Saudiya Arabistonida filmlarni ommaviy namoyish qilish 1980 yillardan beri taqiqlangan. Ammo bundan oldin ham kinoteatrlar Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish davlat qo‘mitasi tomonidan qattiq senzura qilingan edi – bu filmlarda “ochiq” sahnalar bo‘lmasligi kerak edi. Shu bilan birga, avvalgilarning eslashlariga ko‘ra, Jidda, Ar-Riyod va Al-Toifda mahalliy tadbirkorlar norasmiy ravishda va pul evaziga arab, hind va amerika filmlarini namoyish qilishgan, ammo 1979 yilda Makkadagi eng katta masjidda ommaviy xisbga olingandan so‘ng barchasi o‘zgargan edi. O‘sha paytdan boshlab mamlakatda taqiqlar kuchayib bordi, kinoteatrlar taqiqlandi va masalan, arab dunyosidagi musiqiy dasturlar televizor ekranlaridan yo‘qoldi.

Misrda ham dunyoda yer maydoni bo‘yicha 3-o‘rinda turadigan o‘zining “Golluvid” maydonchasi bor.