Afg‘onistondagi oziq-ovqat inqirozi misli ko‘rilmagan darajaga yetdi

BMT Qochqinlar komissarligi maʼlumotlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi oziq-ovqat inqirozi “haqiqatdan ham misli ko‘rilmagan darajaga yetgan”. Deyarli 23 million kishi yoki aholining 55 foizi, haddan tashqari ochlikni boshdan kechirmoqda.

Bu raqamdan mamlakatda 8,7 million kishi ochlik xavfi ostida va ularning hozirgi holati favqulodda holat sifatida tasniflanadi.