Saudiya Arabistoni Xitoy yordamida o‘zining ballistik raketalarini yaratmoqda

Saudiya Arabistoni Xitoy yordamida o‘zining ballistik raketalarini yaratadi. Bu haqda NBC News telekanali AQSH razvedkasi va sunʼiy yo‘ldosh suratlariga tayanib xabar berdi.

Uzoq vaqt davomida qirollik Pekindan raketa sotib olmoqchi, deb hisoblanar edi. Biroq, AQSH razvedka idoralari saudiyaliklar hozirda o‘zlari ishlab chiqarayotganiga ishonch hosil qildi.

NBC News tomonidan qo‘lga kiritilgan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari, shuningdek, Saudiya Arabistoni Ar-Riyod g‘arbidagi poligonda ballistik raketalar ishlab chiqarayotganini ko‘rsatmoqda, deya xabar berilmoqda.