Tolibon Afg‘onistonda rossiyalik sayyohlarni kutmoqda

Afg‘onistonda ular rossiyalik sayyohlar va boshqa mamlakatlardan kelgan sayohatchilarni ko‘rishdan xursand bo‘lishadi, dedi “Tutu” nashriga Afg‘oniston Axborot va madaniyat vazirligining Turizm departamenti direktori Niamatulloh Musafer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha aniq reja yo‘q, chunki mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

“Kelajakda turizm departamenti diqqatga sazovor joylar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston hududlarida maxsus idoralar tashkil etishi mumkin va bu idoralar sayohatchilarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi”, dedi u.

Musaferning aytishicha, Afg‘oniston давлат sayyohlik agentligi sayohatchilarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi. Xorijliklarga vizalar berish masalasi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishib olishni talab qiladi.

“Kelajakda viza masalasida muayyan o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ammo bu vaqt talab etadi. Biz Afg‘onistonda Rossiyadan yoki boshqa davlatlardan kelgan mehmonlarni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz va buning uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz”, — dedi Tolibon vakili.

U, shuningdek, hozirda Afg‘onistonda xorijliklarning harakatlanishi bilan bog‘liq muammolar yo‘qligiga ishontirdi. Ayollar ham xavfsiz sayohat qilishlari mumkin.

“Endi chet elliklar sayohat qilishlari mumkin, xayriyatki, mamlakatning men boradigan joylariga borishlari ham mumkin, Afg‘oniston nihoyat tinch va xavfsiz bo‘ldi. To‘g‘ri, hozirda xalqaro reyslar deyarli yo‘q, lekin havo qatnovi tiklansa, xorijlik mehmonlar ko‘proq bo‘ladi, deb umid qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Musafer.

Noyabr oyida Tolibon hokimiyatga qaytganidan keyin birinchi xorijiy sayyohlar Afg‘onistonga tashrif buyurishdi. G‘o‘r viloyati Madaniyat va axborot boshqarmasi xabariga ko‘ra, ikki kishi mahalliy tarixiy obidalar, jumladan Jom minorasini ziyorat qilgan.