Bayden xohlasa Putinni haqorat qiladi xohlasa uchrashuvga chaqiradi

Baydenning Putinga bunday munosabati:  butun dunyoga AQSh hukumati istaganicha siyosat olib borishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatib qo‘yishdir.

Aslida nima bo‘lgan edi?

G‘arb davlatlari ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z xalqiga qarshi urush olib borayotganlikda ayblamoqda: yaqinda sodir bo‘lgan Aleksey Navalniy demokratik harakati tarafdorlarining repressiyalariga qarang. Ko‘pchilik Putin rejimini umidsiz ravishda noto‘g‘riligini biladi. Buyuk Britaniya o‘tgan hafta Rossiyani “dushman davlat” deb atadi. AQSh ham bunga rozi. Savol tug‘iladi, Bayden bu borada qanday yo‘l tutadi?

Bu savollarga yaqin kunlarda aniqroq JAVOB bo‘lishi kutilmoqda. Bayden hali ham o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni davom ettirishga umid qilayotganini aytgan bo‘lsada, o‘tgan hafta diplomatik urush keskin ko‘tarilganidan so‘ng, ikki davlat hukumatlari to‘qnashuv yo‘liga o‘tdilar. Birinchi bo‘lib, Moskvani aybdor deb hisoblashayotgan keng ko‘lamli “Solar Winds” kiberhujumi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari AQSh razvedkasi rasmiylari Putinni 2020 yilgi saylovlarni Donal’d Tramp foydasiga burish uchun til biriktirganlikda ayblanmoqda.

Aytishlaricha, Bayden Putinning Ukrainadagi Rossiyaga aloqador shaxslar yordamida uning o‘g‘li Xanter Baydenga va bilvosita o‘zini nomini qoralash harakatlariga “yashil chiroq” ko‘rsatganidan norozi bo‘lgan. Ilgariroq bu ayblovlar Tramp tomonidan saylov jarayonlarida ishlatilgan edi.

Boshqacha qilib aytganda, Baydenning Rossiya bilan muammosi juda shaxsiyga aylangan. O‘tgan seshanba kuni nutq so‘zlar ekan, u Putin 2016 va 2020 yillarda o‘tkazilgan jamoatchilik so‘rovnomalariga aralashgani uchun “to‘lov to‘laydi” deb ogohlantirdi. Navalniy zaharlangani va rejim muxoliflariga qilingan boshqa hujumlar to‘g‘risidagi savolga u keskin javob berdi. Uning so‘zlariga qaraganda: Putin «qotil» .

Shundan so‘ng Rossiya hukumati zudlik bilan diplomatlarini chaqirib olgan va Putin (tarjimani o‘zlashtirib qisqaroq qilib aytganda) “kim nimada ayblasa o‘zi shunday bo‘ladi” deb javob qaytargan edi.

Endi esa uchrashuvga tayyorgarlik…

Hukumatga tegishli internet nashrida: “Afsuski, ilgari Moskva Vashingtonning harakatlariga bunday munosabat bildirmagan”, – deya interv’yu berdi siyosiy tahlilchi S.Tkachenko.

«Bu biz tomondan mutlaqo normal diplomatik qaror bo‘ldi. Biz Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi normal muhitda o‘tishi uchun o‘z shartlarimizni taklif qilamiz. Aks holda, agar ikkita prezident ishtirokidagi sammit arafasida bizga sanksiyalar e’lon qilinsa, bu “ajoyib” ko‘rinishga ega bo‘ladi. Unda bunday uchrashuvdan maqsad nima? Shuning uchun Moskva mutlaqo to‘g‘ri harakat qilmoqda”, – dedi Tkachenko.

Shu bilan birga, ekspertning fikriga ko‘ra, Jo Baydenning Vladimir Putinga qilgan chaqirig‘i amerikaliklar uchun imkoniyatlar yo‘lagini ancha toraytirdi, chunki bu bilan ular vaziyatni rivojlanib ketishining eng salbiy va xavfli ssenariylarini inkor etdilar. “Ammo biz amerikaliklardan radikal sanksiya choralarining rad etilishini tan olishlarini istaymiz. Chunki hozir muhokama qilinayotgan sanksiyalar haqiqatan ham juda og‘riqli bo‘lishi mumkin. Aslida, bu Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush e’lon qilish akti bo‘ladi», – deya aniqlik kiritdi ekspert.

Shuncha qo‘rquvlarga qaramay…

Bloomberg agentligi manbalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashilganligi va SolarWinds dasturining buzilishiga aloqadorlikda gumon qilinganligi sababli sanksiyalar qo‘llamoqchi. Sanksiyalar o‘nga yaqin ruslarga, shuningdek, 20 ga yaqin yuridik shaxslarga ta’sir qilishi mumkin. Cheklov payshanba kunidanoq kiritilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Manbalarda, shuningdek, AQSh rasmiylari o‘n nafar Rossiya rasmiylari va diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborish niyatida.