“Bu bizning munosabatlarimizga taʼsir qilmaydi”
Suhayl Shahin aviatsiya texnikasi atrofidagi qarama-qarshiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, ular qardosh davlatlar bilan munosabatlarimizga taʼsir qilmasligini taʼkidladi. U Islom Amirligi O‘zbekiston bilan azaldan yaxshi munosabatlarga ega bo‘lgani hamda bu davlat uzoq vaqtdan beri Tolibonning siyosiy rahbariyati bilan yaxshi aloqa o‘rnatganini taʼkidladi.
“O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga bir necha bor insonparvarlik yordami jo‘natgan, buning uchun biz undan minnatdormiz. Bu davlat Afg‘onistondagi megaloyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish niyatida. Biz ikkalamiz ham musulmon davlatmiz hamda bir-birimiz bilan tinchlik va birodarlikda yashashni xohlaymiz. Biz bu va boshqa har qanday masalani diplomatiya yo‘li bilan hal qilishimizga ishonaman”.