Tojikiston va O‘zbekiston hukumati avtobus va avtomobil transportini to‘liq tiklashni rejalashtirmoqda
Tojikiston va O‘zbekiston vakillari xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Uchrashuv 12 yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
Delegatsiyalar mazkur yo‘nalishda imzolangan qo‘shma shartnomalar ijrosini tahlil qilgan.
O‘zbekiston Transport vazirligi koronavirus pandemiyasi tufayli ikki davlat o‘rtasida to‘xtatilgan avtobus qatnovini qayta tiklash mavzusiga ham to‘xtalib o‘tganini taʼkidladi.
“O‘zbekiston-Tojikiston-Xitoy transport koridorini rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi 1992 yilda Tojikiston hududida boshlangan fuqarolar urushi tufayli to‘xtab qolgan edi.
26 yillik tanaffusdan so‘ng avtobuslar 2018 yil 15 maydan qatnovni boshladi. Biroq, 2020 yil 16 martdan boshlab, koronavirus pandemiyasi sababli transport qatnovi yana to‘xtatildi. 1 sentyabrdan boshlab cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlangan edi.