Sovet Ittifoqi qaytadimi?

Qozog‘iston o‘zini tiklamoqda, biroq u yerda yanvar oyida sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik fikrini “taʼqib” qilishni davom etmoqda.

Haligacha ko‘pchilikni qiynayotgan savol? Tinch Qozog‘iston qanday qilib shunday dahshatli tarzda portlashi mumkin – qotilliklar, talon-tarojlar, minglab ekstremistlar?

Tahlilchilar yangi nazariyalarni ilgari surishni davom etmoqda – albatta, tahlillarning aksariyati Rossiyani postsovet hududidagi eng kuchli va qudratli o‘yinchilardan biri sifatida gavdalanmoqda.

Postsovet hududi haqida qisqacha, Putin Sovet Ittifoqini tiklash, hech bo‘lmaganda sobiq imperiyaning eski chegaralarini qaytarish istagini bir necha bor namoyish etganini kuzatish mumkin. Balki, Qozog‘iston dunyodagi eng yirik davlat cheksiz ambitsiyalarining navbatdagi qurboniga aylangandir? Tarixga bir nazar tashlasak, Nazarboyev Rossiya bilan iqtisodiy ittifoqqa qarshi emas, KXSHTga qo‘shilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan, lekin unga (Putinga) mamlakat ichki ishlarga aralashishga, o‘z siyosatini belgilashga ruxsat bermasdi. U o‘z suverenitetini himoya qildi – lekin, Toqayev unchalik ehtiyotkor emasmidi, balki shu sabab Nazarboyev hokimiyatdan chetlashtirildi, oligarxlar va unga yaqin sheriklaridan “moyli joylar” tortib olindi va Qozog‘iston Rossiyaga biroz yaqinlashdi.

Ammo, hozir gap Qozog‘iston bilan bundan keyin nima bo‘lishi haqida emas, balki Rossiyaga qo‘shni qolgan davlatlar nima qilishi kerakligi haqida. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, endi har qanday ittifoqqa kirishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish kerak – O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik qilishi, lekin hech qanday holatda mustaqillikni yo‘qotish darajasida siyosiy yon berishlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan ittifoq tuzish yaxshi variant – davlatlarni bir tarix, bir mafkura birlashtiradi. Ha, tashqi tahdidlarga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatish uchun siyosiy ittifoq zarur, lekin ayni paytda bir qator mamlakatlarda hokimiyat avtoritar rahbarlar qo‘lida ekan, bu juda xavfli hisoblanadi. Bunday integratsiya qimmatga tushishi mumkin – hatto hududiy yo‘qotishlargacha borishi hech gap emas.

So‘nggi o‘n yilliklarda jahon sahnasida ro‘y berayotgan voqealar siyosatning strategiya ekanligini, bu o‘yinda faqat eng ehtiyotkor va uzoqni ko‘ra oladiganlar g‘alaba qozonishini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bois, davlat rahbarlari darajasida har bir qadam, har bir so‘z, imzolangan har bir hujjat chuqur o‘ylab ko‘rilishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nojo‘ya taʼsirlarni tahlil qilishi kerak.

O‘zbekiston o‘z yo‘liga ega va mustaqildir shu bilan birga katta davlatlar atrofida urushayotgan paytda o‘z suverenitetini himoya qilish mamlakat uchun muhim. O‘zbekistonning kelajakdagi taqdiri haqida qanday fikrdasiz – siyosiy ittifoqlarga kirishimiz kerakmi?

Nikto…