Elboshi emas…

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning boyligi haqidagi maʼlumotlar

Bo‘lib o‘tgan voqealarning barchasi Qozog‘istonda haqiqiy hokimiyat almashinuvi sodir bo‘lganidan dalolat beradi. So‘nggi bir necha hafta ichida mamlakatda birinchi navbatda tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi, keyin otishmalar va soni haligacha aniq bo‘lmagan қурбонлар…, shundan so‘ng у yerga xorijiy, asosan rus qo‘shinlari olib kelindi. Tartib o‘rnatildi, qo‘shinlar ketish arafasida, xalq yetakchisi (elboshi) Nursulton Nazarboyev omma oldida hech ko‘rinish bermadi. Shundan so‘ng, voqealar avjiga chiqqan paytda, davlatning ikkinchi shaxsi hisoblangan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Elboshi Nazarboyevni Xavfsizlik Kengashi raisi lavozimidan ozod qildi.

Mustaqil Qozog‘istonning asoschisi va birinchi prezidenti mamlakatni qariyb 30 yil boshqargan. Bu vaqt ichida uning oilasi va do‘stlari milliarderga aylanishdi. Elboshining o‘rtancha qizi va uning turmush o‘rtog‘i Forbsning eng boy odamlar ro‘yxatiga kiritilganligini va ularning xorijdagi ko‘chmas mulki afsonaviy darajada ekanligini aytish kifoya. Oxirgi voqealar davomida Nazarboyevning kenja qizi ofshor kompaniyalar orqali Qozog‘istondan 300 million dollardan ortiq mablag‘ olib chiqib ketgani, samolyot, Londonda hashamatli uy va Shveysariya banki ulushini sotib olgani haqida xabar berilgan edi.

Endi maqola boshida aytilganidek Qosim-Jomart Toqayevda qancha boylik to‘plangan, shu haqda gaplashamiz! У yaqinda prezident bo‘ldi, 2019 yilda Nazarboyev hukumat dastaklarini o‘zida saqlab qolgan holda nafaqaga chiqishga qaror qilgan vaqt Toqayevning hech qanday asosiy aktivlari maʼlum emas edi. Bu masala o‘rganib chiqilganda Toqayev, albatta, kambag‘al emas, lekin, Nazarboyevchalik ham emas, degan xulosaga kelindi.

Uning oilasining Jenevada, Moskvada va Mayamida ko‘chmas mulki bor, lekin у mulk milliardlab emas, balki millionlar atrofida (AQSH dollarida) turadi. Biznesi ham bor, lekin у haqida ko‘p narsa maʼlum emas. Kichik neft kompaniyasi bor edi, lekin у yopilgan. Volfram uchun litsenziyaga ega korxonasi bor, lekin у hali qazib olishni boshlamagan. Albatta, endi Toqayev haqiqiy prezidentga aylanganidan so‘ng uning oilasi uchun katta kelajak ochiladi. Bundan tashqari, uning ayrim aʼzolari allaqachon hukumat lavozimlarida va respublika davlat kompaniyalarida rahbarlik kursilarida faoliyat yuritmoqda.

Yevropa va Amerikadagi mulk

Qosim-Jomart Toqayev MGIMOni tugatgan,. У 70 yillardan beri diplomatik martaba bilan shug‘ullanadi, uzoq vaqt sovet amaldori bo‘lgan: Singapur va Pekindagi elchixonalarda, shuningdek, SSSR Tashqi ishlar vazirligi apparatida ishlagan. 90 yillarda Qozog‘iston mustaqil davlat bo‘lgach, Toqayev Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligini boshqargan va oxir-oqibat bosh vazir darajasigacha ko‘tarilgan. Keyin у xalqaro tuzilmalarda ishlagan, bir necha yil BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va BMTning Jenevadagi vakolatxonasi bosh direktori bo‘lgan.

Shveysariya biznes reyestrida 2013 yilda Jenevada diplomatik taʼlimni “xalqlar o‘rtasida tinchlik munosabatlarini rivojlantirish” maqsadida tashkil etilgan Innovatsion diplomatiya jamg‘armasi joriy qilingan. Toqayev bugungi kunga qadar o‘g‘li Timur bilan birga у yerda yetakchi sifatida qayd etilgan. Jamg‘arma nima qilayotgani nomaʼlum, uning veb-sayti hech qachon ishlamagan, fondning tvitteri to‘rt yildan ortiq vaqt davomida yangilanmagan va shunchaki BMT yangiliklarini qayta nashr (repost) qilib borgan.

Demak, Toqayevlar uchun Jeneva begona shahar emas. Timur 2006 yilda Jenevaning turar-joy massividagi Gilbert-Trolliyer ko‘chasidagi uydan kvartiraga egalik qiladi. Yaqinda Toqayevlar oilasining yangi qo‘shnisi – Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning kuyovi Semyon Vinokurov paydo bo‘ldi. Ushbu uydagi bir xonadonning narxi bir million Shveysariya frankiga baholangan.

Shveysariyaning Jeneva va Vod kantonlari chegarasida joylashgan Versua shahrida Timur Jeneva ko‘liga qaraydigan uyda ikkinchi kvartiraga ega, у bu kvartirani 2010 yilda sotib olgan. Mazkur maʼlumotlarni Shveysariya va Qozog‘iston registrlarida ko‘rish mumkin: Toqayevning o‘g‘li 2019 yilda, Toqayev prezidentlik faoliyatini boshlagan paytda familiyasini Kemelga o‘zgartirgan (reyestrlarda Timur Toqayev va Timur Kemelning otasining ismi va tug‘ilgan sanasi bir xil. Kemel — Qozog‘iston prezidentining otasining ismi).

Prezident Toqayevning boshqa qarindoshlarining ham chet eldagi mol-mulki bo‘lgan. 2019 yil noyabr oyida у Qozog‘istoni chet eldagi elchilarini tayinladi. Bolgariyadagi elchi lavozimini Yevropada 90 yillardan beri ishlab kelayotgan diplomat – prezidentning opasi Karlig‘a Toqayevaning eri Temirtay Izbastin saqlab qoldi. Bu oilaning biznesi Bolgariya, shuningdek, Chexiya va Germaniya bilan bog‘liq.

Izbastinning qizi, Toqayevning jiyani Dana Medeuova Bolgariyaning uchta qurilish kompaniyasi – SD Property Investments, Dami International va Dami Investmentga egalik qiladi. 2017 yilda Medeuova o‘zining shaxsiy hisobidan SD Property Investments kompaniyasiga deyarli 700 ming yevro o‘tkazgan va kompaniya Sofiya (Bolgariya poytaxti) ning g‘arbiy qismidagi Silver Senter savdo markazi ro‘parasida yer uchastkasini sotib olgan. Bu uchastka hali ham bo‘sh yotibdi.

Chexiya Respublikasida Dana Medeuova va uning ukasi Beket Izbastin ikkita kompaniyaga ega edi (Abi Construction Capital va BG Invest Capital). Ular mulkni ijaraga berishgan va hozir ishlamayapti. Germaniyada Prezident Karlig‘aning singlisi Dana Reiseservise sayyohlik agentligiga egalik qilgan.

Qozog‘iston prezidentining qarindoshlari, ehtimol, AQSHda ko‘chmas mulkka ega. Toqayevning jiyani Qanish Izbastinning rafiqasi Botag‘oz Karbuzova Mayami ko‘chmas mulk reyestriga ko‘ra, bunday ismli shaxs Rossiyadan kelgan muhojirlarning ko‘pligi sababli “Kichik Moskva” laqabini olgan Sanni-Ayls-Bich sohilidagi (136 kvadrat metr) kvartiraga egalik qiladi.

Rossiyadagi mulk

Toqayevlar oilasi Rossiya bilan chambarchas bog‘liq: Toqayevning o‘g‘li Timur, shuningdek, jiyanlari Qanish va Muhammad ham MGIMOni bitirgan. Timur va Qarliga Toqayevlar Rossiya TIV Diplomatik akademiyasida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishgan. Muhammad Toqayev esa у yerda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Prezidentning singlisi va sobiq rafiqasi Rossiya pasportiga ega bo‘lgan. Uning o‘g‘li Timur esa diplomatik raqamlarga ega Lexus 153 va BMW 750Li X Drive avtomashinalarida Moskva bo‘ylab sayohat qilgan.

Rossiyada Toqayevlar oilasining yuzlab million rubllik ko‘chmas mulki bor. Aleksey Navalniy jamoasi rasmiylar Qozog‘iston prezidentining qarindoshlarining ko‘chmas mulki haqidagi maʼlumotlarini maxfiy ro‘yhatga kiritganligini aniqlagan edi. Toqayevlarning kvartiralari haqidagi har qanday maʼlumotlar Rosreyestrdan olib tashlangan. Ammo arxiv ko‘chirmalari Timur Toqayevning Moskvadagi Usacheva ko‘chasidagi “Fyujn Park” turar-joy majmuasidagi uyning 196,6 kvadrat metrlik kvartirasiga egalik qilganini ko‘rsatadi. Bu yerda kvadrat metrning narxi bir million rubldan oshadi va butun kvartira 229,6 million rublga baholanishi mumkin.

Qozog‘iston prezidentining sobiq rafiqasi Nadejda Toqayevaning Moskvadagi kvartirasi Kremldan ikki kilometr uzoqlikdagi “Posledniy” ko‘chasidagi uyda bo‘lgan. Binoda atigi yettita xonadon bor. Toqayevaning taxminiy qiymati 84,6 million rubl bo‘lgan ikki qavatli to‘rt xonali (167,3 kvadrat metr) kvartirasi bor. Shuningdek, Nadejda Toqayeva “Bolshoy Xaritonevskiy” ko‘chasidagi 68,8 million rubllik uch xonali (120 kvadrat metr) kvartirada ro‘yxatga olingan. Hozir bu kvartira kimga tegishli ekanligini aniqlash qiyin. Rosreyestr maʼlumotlariga ko‘ra, у endi mavjud emas.

Moskva viloyatida Toqayevning sobiq rafiqasi 2000 yildan beri kamida beshta yirik dala hovliga ega. 2000 yildan 2014 yilgacha у Istra tumanidagi Kryukovo qishlog‘ida (193,4 kvadrat metr), Sergiyev Posad tumanidagi Abramsevo qishlog‘ida (146,1 kvadrat metr) va Ruz tumanidagi Tuchkovo qishlog‘ida (264,8 kvadrat metr) aholi punktlaridagi qimmatbaho uylarga egalik qilgan). Bu uylar turli yillarda sotilgan.

Rosreyestr boshqa ko‘chmas mulk haqidagi maʼlumotlarni yashirmoqda. Ammo, arxiv maʼlumotlariga ko‘ra, Moskva viloyatida Toqayevlarning 2000 kvadrat metrlik yer uchastkalarida kamida ikkita uyi bo‘lgan: Istra tumanidagi Alekseyevka qishlog‘ida va Pushkin tumanidagi Ashukino qishlog‘ida.

Vatandagi daromad

Qozog‘istonda Toqayevning ayrim qarindoshlari muhim davlat kompaniyalarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan. Toqayev 2019 yilda prezident etib tayinlanganidan bir necha oy o‘tib, uning jiyani Beket Izbastin PSA masʼuliyati cheklangan jamiyatini boshqargan. Bu Qozog‘iston hukumatining uchta yirik neft va gaz konlari – Shimoliy Kaspiy loyihasi, Dunga va Karachaganak konlarida ishlab chiqarishni taqsimlash bo‘yicha vakolatli organi bo‘lgan davlat kompaniyasi. PSA kompaniyasi orqali davlat ushbu konlarga qabul qilingan xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotdan o‘z ulushini oladi.

Prezidentning yana bir jiyani, Beket Izbastinning ukasi Kanish Izbastin ham davlat kompaniyalari bilan aloqador. 2015 yildan 2021 yilgacha у qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizingga olish va agrosanoat kompleksini kreditlash bilan shug‘ullanuvchi “KazAgroFinanse” kompaniyasini boshqargan. 2021 yil mart oyida esa у uy-joy, infratuzilma va sanoat korxonalarini qurish bo‘yicha davlat dasturlari bo‘yicha Qozog‘iston hukumatining bosh operatori bo‘lgan “Bayterek” milliy xoldingi raisining birinchi o‘rinbosariga aylandi.

Toqayevning qarindoshlarining qozoq biznesi – tabiiy boyliklarni qazib olish bilan bog‘liq. Qozog‘iston prezidentining o‘g‘li Timur, amakivachchasi Muhammad Izbastin bilan 2000 yillarning boshidan beri Salish neft va gaz kompaniyasiga (2019 yilgacha у Abi Petrolium Kepital deb nomlangan) egalik qilgan. У 2020 yilda tugatilgan va undan oldin у Atirau viloyatidagi Gryadovoye konida uglevodorodlarni qidirish va qazib olish bilan shug‘ullangan (kompaniyaning daromadi 2012 yildagi 600 million rubldan 2016 yilda 280,8 million rublgacha kamaygan).

Timur Toqayev va prezidentning singlisi Karlig‘a Izbastin ham Qozog‘istonda volfram va molibden kompaniyasiga ega edi. O‘zining sho‘ba korxonalari (Karaoba-2005 va Severniy Katpar) orqali Qarag‘anda viloyatidagi ikkita konda volfram qazib olish uchun litsenziya olgan. Ammo Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining nashrlariga ko‘ra, ishlab chiqarish hali boshlanmagan va kompaniyalar og‘ir moliyaviy ahvolda. Karlig‘a Izbastin, shuningdek, mashina va uskunalar ulgurji shirkatiga egalik qiladi, Timur Toqayev esa bir nechta eʼtiborga loyiq bo‘lmagan qurilish va injiniring kompaniyalariga egalik qilishi maʼlum.

Bu hali boshlanishi…

 Xabar Rossiya Federatsiyasi hududida horijiy agent deb qayd qilingan istories.media nashri tomonidan eʼlon qilingan.