Qozog‘iston prezidenti Toqayev aholini emlanishga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Toqayev Twitter-da yozishicha, pandemiya boshlanganidan bir yil o‘tdi va butun dunyo singari mamlakat ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirdi.

«Birlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tufayli biz pandemiyaning eng keskin bosqichini yengib chiqdik. Ammo bu og‘ir kasallik hali ham katta xavf tug‘diradi. Virusni faqat emlash orqali mag‘lub etish mumkin. Men barcha vatandoshlarni o‘zlariga va atrofdagilarga g‘amxo‘rlik qilishga chaqiraman», – deb yozdi prezident.

P.S. qo‘shnimizda bu yaxshi anana – ijtimoiy tarmoqlar orqali tez-tez mana shunday bayonotlar va chaqiriqlar bilan chiqishlar qilib turiladi. Bu qadam hozirgi zamon uchun to‘g‘ri tanlov va zamonaviy jamoatchilik bilan yaqinroq muloqot maydoni yaratilgan. Bizdagi farq ijtimoiy tarmoqlarda birinchi shaxs sifatida adminlar tomonidan olib borilishida bu esa masofani yana-da sunʼiy uzoqlashtiradi.