SpaceX rahbari Ilon Mask o‘zining tvitida yana bir bor bu masalani ko‘tardi: “Biz aholining duch kelishi mumkin bo‘lgan kamayib ketishi haqida ko‘proq tashvishlanishimiz kerak”.
“Iltimos, statistik maʼlumotlarni ko‘rib chiqing – agar odamlar ko‘proq farzandli bo‘lmasa, sivilizatsiya qulab tushadi, ko‘rasiz”, dedi u o‘tgan yili Тҳе Валл Стреэт Жоурнал nashriga bergan intervyusida.
2020 yilda olimlar dunyoda tug‘ilishning hayratlanarli darajada pasayishi haqida ogohlantirgan edi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday o‘zgarish tezligi bilan 2100 yilga kelib Yer aholisi kamayishni boshlaydi.
Esingizda bo‘lsa, Mask Marsda insoniyat uchun “muqobil aerodrom” qurishni rejalashtirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Marsdagi 1 million aholiga mo‘ljallangan o‘zini-o‘zi taʼminlaydigan shaharni jihozlash uchun uning ulkan “Yulduzli” kemasini Qizil sayyoraga 1000 marta yuborish kerak bo‘ladi.
Manba: zen.Funscience