Rossiyaga O‘zbekistondan 1000 nafardan ziyod dehqonlar ishlash uchun yuboriladi

O‘zbekistondan Rossiya hukumati joriy yildan boshlab rasman dehqonlarni ham ishga jalb qilinishini maʼlum qildi.

Mazkur yangi qarorga ko‘ra, endilikda Rossiyada ishlash uchun nafaqat quruvchilar, balki qishloq xo‘jaligi xodimlari ham tanlab olinadi.

Bu haqdagi hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida eʼlon qilingan.

O‘zbekistondan 10 ming nafargacha fuqaro qurilish sohasiga, 1108 nafari esa qishloq xo‘jaligiga jalb etish rejalashtirilgan.

Hozir Toshkentda rossiyalik shifokorlar Rossiyaga ishlash istagida bo‘lganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.