Metaning vizual olamida nima gaplar?
Ommaviy axborot vositalarida Yevropa qonunchiligidagi o‘zgarishlar tufayli Meta o‘z mahsulotlari bilan Yevropani tark etishi mumkinligi faol muhokama etilmoqda.
Qisqacha: Yevropa Ittifoqi shaxsiy maʼlumotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritdi, unga ko‘ra o‘z fuqarolarining maʼlumotlari Yevropa qitʼasida mahalliylashtirilishi kerak. Facebook va Инстаграм xizmatlari esa maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun AQSHdagi serverlardan foydalanadi.
Мeta, albatta, qonunchilikka kiritilayotgan bu o‘zgarishni “yoqtirmadi” va bu haqda kompaniya o‘z munosabatini maʼlum qildilar.
Ammo ommaviy axborot vositalari bu norozilikni kompaniya “Yevropa bozorini tark etmoqchi” degan ritorika ostida tarqatdi.
Bunday mish-mishlarga javoban Мeta o‘z blogida yopilishni qatʼiyan rad etgan bayonot berdi.
Kompaniyaning taʼkidlashicha, u faqat “shaxsiy maʼlumotlarning transchegaraviy uzatilishi bilan bog‘liq noaniqlik bilan bog‘liq biznes xafvlar mavjud”.
Metaning vizual olamdagi harakatlari bo‘yicha esa alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Sababi Metaning vizual olamidagi ko‘chmas mulk savdosi 2021 yilda 500 million dollardan oshdi va 2022 yilda ikki baravar ko‘payishi mumkin. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Rossiya virtual norozilik xavfi tufayli metaolamni tartibga solish bo‘yicha ilk harakatlarini boshlab yubordi.
Rossiya hukumati norozilik namoyishlari va giyohvand moddalar savdosining yangi shakllari rivojlanishi tufayli virtual reallik haqidagi qonunchilikni kuchaytirishga qaror qilgan.
AQSH, Kanada va Yaponiyada hozircha aholi o‘rtasidagi munosbatlarni o‘rganish bo‘yicha turli so‘rovlar va tahliliy materiallr chop etish bilan kifoyalanilmoqda.
O‘zimizda biror yangilik bormi bu yo‘nalishda?