AQSh Davlat departamenti Belorusiya oppozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Svetlana Tixanovskaya AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan virtual muhokamada ishtirok etdi. Shundan so‘ng Stiven Bigan AQSHning Belorusiyadagi oppozitsiyani qo‘llab-quvvatlash borasidagi siyosatini yana bir bor tasdiqladi.

AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Stiven Bigan AQSh Belorusiya oppozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi. U 16 dekabr, chorshanba kuni kechqurun, Belorusiya oppozitsiyasi etakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan virtual muhokamadan so‘ng tegishli bayonot bilan chiqdi.

“Davlat kotibi maslahatchisi Bigan Belorusiya xalqining mamlakat taqdirini belgilashdagi chaqiriqlarni AQSh qo‘llab-quvvatlayotganini tasdiqladi”, deyiladi xabarda. Bigan, shuningdek, Belorusiyada erkin saylovlar o‘tkazilishini va norozilik namoyishlarida hibsga olinganlarning barchasini ozod etilishini talab qildi.

Bigan va Tixanovskaya ishtirokidagi uchrashuvni Germaniya Marshal jamg‘armasi nomli Amerika jamg‘armasi (mazkur tashkilot Transatlantik munosabatlarni mustahkamlash uchun ishlaydi) tashkil etdi. Svetlana Tixanovskaya so‘nggi kunlarni Berlinda o‘tkazmoqda, u yerda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi.