Nafaqat matbuot erkinligi yomon, balki iqtisodiy erkinlik ham yaxshi emas: xorijda bizga qanday baho berishadi

Heritage Foundation tadqiqot markazi “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2022” bo‘yicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi.

O‘zbekiston 55,7 ball bilan 177 davlat orasida 117-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston “asosan iqtisodiyoti erkin bo‘lmagan” davlatlar guruhiga kiradi. Afsuski, 2022 yilgi hujjat bo‘yicha 9 pozitsiyaga pasayganini ko‘rsatdi.

Kuchli uchlikdan Singapur (84,4 ball), Shveysariya (84,2 ball) va Irlandiya (82,0 ball), Shimoliy Koreya (3,0 ball) reyting peshaqadamlari hisoblanadi.

MDHda faqat Moldova va Turkmaniston davlatlari mavqeini yaxshilagan.