Nazarboyevlar oilasini jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas

Nazarboyevlar oilasini jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas, lekin ularning faoliyatini tekshirish mumkin – Adliya vaziri

“Qonun tergovdan emas, jinoiy jazodan himoya qiladi. Hech kim tergovdan himoyalanmaydi. Qonunda qanday yozilgan bo‘lsa, shunday gapiryapman”, – dedi Kanat Musin OAV vakillari bilan uchrashuvda.

Birinchi prezident to‘g‘risidagi qonunda “uni hibsga olish va hibsda saqlash, tintuv qilish, so‘roq qilish yoki shaxsan tintuv o‘tkazish mumkin emas” deyilgan.

▪️“Birinchi Prezident to‘g‘risida”gi qonun 2000 yilda qabul qilingan. U Elboshi va uning oilasiga nisbatan to‘liq immunitetni kafolatlaydi.

▪️Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Nazarboyevlarning ofshor hisoblari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaydi.